Samarqandda “Labo” 9 yoshli maktab oʻquvchisini bosib ketdi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida “Labo” haydovchisi 9 yoshli maktab oʻquvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 23-iyul kuni soat 14:00 atrofida Saxovat MFY hududidan oʻtuvchi ichki yoʻlda sodir boʻlgan. “Labo” rusumli avtomashina haydovchisi yoʻlning qatnov qismidan harakatlanib kelayotgan voyaga yetmagan velosipedchini urib yuborib, YTH sodir etgan.
Oqibatda velosipedchi tan jarohatlari bilan shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.
“Yoʻlda toʻsatdan oldimda velosiped minayotgan bolakay paydo boʻldi. Men uni sezmadim. Haydovchilar va velosipedchilardan ehtiyot boʻlishlarini soʻrayman. Men qilgan ishimdan afsusdaman. Bu boshqa takrorlanmaydi”, degan haydovchi.
Hozirda Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring