Samarqandda “kadroviklar” bilan ochiq muloqot tashkil etildi

11:15 05 Sentyabr 2023 Jamiyat
383 0

Unda davlat organlari va tashkilotlari Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimlari masʼullari ishtirok etdi.

Agentlikning Markaziy apparati vakillari ham ishtirok etgan muloqot avvalida ular faoliyatining monitoringi tahlil qilindi.

Muloqot davomida ochiq mustaqil tanlovlarni oʻtkazish tartibi, tizimdagi yangiliklar, shuningdek, davlat xizmatini raqamlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan HRM.ARGOS.UZ platformasiga davlat fuqarolik xizmatchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritilish holati yuzasidan ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi.

Sohadagi mavjud muammolar oʻrtaga tashlandi, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tashabbuslar tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер