Samarqandda YPX inspektorini mashina kapotida sudrab ketgan shaxs qamoqqa olindi
Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida YPX inspektorining qonuniy talabiga boʻysunmasdan xodimini mashina kapotida sudrab ketgan haydovchi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 31-yanvar kuni Samarqand shahar Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi davlat raqami belgisiz harakatlanib kelayotgan “Onix”ga toʻxtatish ishorasini bergan, biroq haydovchi mashinani inspektorning ustiga haydab, tan jarohatlari yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 140- va 219-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qonunbuzar protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring