Samarqandda IT Village majmuasi ochildi

20:38 27 Oktyabr 2022 Jamiyat
1429 0

“ICTWEEK Uzbekistan 2022” AKT haftaligining yakunlovchi kunida “Yagona integrator – UZINFOCOM” bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha – IT Village majmuasi ochildi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Goʻzal manzarali va toza havoga ega togʻ yonbagʻirlarida joylashgan ushbu IT qishlogʻi respublikaning chekka hududlarida IT infratuzilmasini tashkil etish, yaqin hududlardagi bolalarni ilgʻor IT-texnologiyalar bilan qiziqtirish va oʻqitish imkonini beradi.

Shuningdek, xalqaro va mahalliy IT forumlar, dasturchilar uchun Xakatonlar va boshqa turli xil IT tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish, AKT sohasidagi yangi yoʻnalish – IT TOURISMʻni rivojlantirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi.

60 ish joyiga moʻljallangan majmuada 3 ta oʻquv xonasi, 8 oʻrinli turar joy, 15 kishilik konferns-zal, tibbiyot punkti, eko-kinoteatr mavjud.

Ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ushbu IT villageʻning ochilishi nafaqat Nurobod tumani uchun balki Samarqand viloyati uchun katta yangilik ekanligini taʼkidladi.

AKT vaziri Sherzod Shermatov ushbu loyihaning olis tumanlarda boshlab berilishi yurtimizda IT sohasiga katta eʼtibor qaratilayotganidan darakligini bildirdi. Maktab yoshigacha boʻlganlar ham, maktab yoshidagi oʻqituvchilar ham bemalol kelib ushbu IT village majmuasida dasturlash tillarini oʻrganishlari mumkinligini bildirdi.

IT villageʻning ramziy belgisi sifatida AKT vaziri Sh. Shermatov va Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov ishtirokida koʻchatlar ekildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер