Samarqandda ikki soatda saylovchilarning 21 foizi ovoz berdi

11:05 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
509 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi F.Toshev ishtirokida brifing oʻtkazildi. Unda qayd etilishicha, 7-Samarqand saylov okrugi hududi, yaʼni Samarqand viloyatidagi 1111 ta saylov uchastkasining barchasida bugun ertalab soat 8.00 da ovoz berish jarayonlari boshlandi.

Bugun soat 10.00 holatida okrug boʻyicha 471 ming 668 nafar saylovchi, yoki okrug boʻyicha saylovchilar umumiy sonining 21 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.

Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarini belgilangan tartibda mandat berilgan siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, akkreditatsiyadan oʻtgan ommaviy axborot vositalari xodimlari va xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bormoqda.

Okrug boʻyicha 16 ta, har bir tuman, shahardan bittadan saylov uchastkasidagi jarayonlar onlayn video-translyatsiya qilinmoqda.

A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер