Samarqandda ham test jarayonlari boshlandi
Samarqandda ham 2020 – 2021 oʻquv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlar test topshirishni boshladi.
Kimyogarlar qoʻrgʻonidagi Nurafshon stadionida bir smenada 840 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni paytda test jarayonlari davom etmoqda.
— Joriy yil oʻrta maktabni bitirib, Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga oʻqishga topshirdim,- deydi toyloqlik Akmalxon Mardonov. - Pandemiya sharoitida akam va opam uyda boʻlib, test sinovlariga puxta tayyorgarlik koʻrishimga katta yordam berishdi. Nasib etsa, test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalik baxtiga erishaman.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring