Samarqandda eshak soʻyib, goʻshtini pullab kelgan shaxs ushlandi

20:35 11 Mart 2025 Jamiyat
267 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda salkam 10-15 ta eshak ustuxonlari kanalga tashlab ketilgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat Kattaqoʻrgʻon tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi davlat inspektorlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan oʻrganilgan.

Maʼlum boʻlishicha, tumanning “Shoʻrak” qishlogʻida yashovchi fuqaro yashash xonadonida kushxona tashkil etib, unda eshaklarni soʻyib, goʻshtini sotish bilan shugʻullanib kelgan. Hozirda mazkur holat toʻliq bartaraf etilib, kushxona faoliyatiga chek qoʻyilgan.

“Noqonuniy faoliyat yuzasidan qonuniy chora qoʻrish maqsadida bayonnomalar tuzilib, tegishli idoralar tomonidan huquqiy baho berilayotganini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер