Samarqandda yer choʻkib, quruvchini tuproq bosib qoldi

10:35 09 Aprel 2026 Jamiyat
284 0

Foto: FVV

Samarqand shahridagi yangi yoʻl oʻtkazgich yaqinida yer choʻkishi oqibatida quruvchilardan birini tuproq bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 8-aprel kuni soat taxminan 18:00 larda Samarqand viloyati FVB navbatchilik qismiga Samarqand shahridagi “Oltin asr” mahallasida joylashgan qurilish obyektlarining birida fuqaro tuproq ostida qolib ketgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Foto: FVV

Qisqa vaqt ichida voqea joyiga FVVning hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, qutqaruv ishlarini boshlagan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida quruvchi tezkorlik bilan tuproq ostidan chiqarib olingan va unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Foto: FVV

Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan. Qayd etilishicha, uning hayoti va sogʻligʻiga hech qanday xavf yoʻq. Shifokorlar maʼlumotiga koʻra, u yaqin kunlarda tibbiyot muassasasidan chiqarilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер