Samarqandda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlashning oldini olish maqsadida onlayn kuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda

13:45 17 Yanvar 2024 Jamiyat
481 0

Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlashning oldini olish maqsadida onlayn kuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda.

Dastlab Samarqand shahrining koʻp aholi yashaydigan va chiqindilar tashlanadigan hududlarida 25 ta kuzatuv kameralari qoʻyiladi. Butun viloyat boʻyicha jami 100 ta kamera oʻrnatish rejalashtirilgan.

Endi belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan fuqarolar va avtomashinalar roʻyxati shakllantirilib, viloyat IIB boshqarmasi maʼlumotlar bazasidan avtomashina egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning manzillari olinadi. Keyin esa viloyat Ekologiya boshqarmasi hududiy inspektorlari fuqarolarning yashash xonadonlariga borib, huquqbuzarliklari haqida xabar berishadi. Ularning xatti-harakati belgilangan tartiblarga zid ekanligi, atrof-muhitga zarar keltirishi tushuntirilib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtiriladi va tegishli jazo choralari qoʻllaniladi.

Maʻlumot uchun, ayni damda Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Namangan, Andijon, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida onlayn kameralar oʻrnatilgan. Bu kameralar faoliyati doimiy kuzatib boriladi. Kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va oʻz vaqtida chora koʻrish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер