Samarqandda bogʻcha foydalanishga topshirildi

15:56 15 Iyul 2024 Jamiyat
244 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahrining “Shodiyona” MFYda yangi zamonaviy Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Ushbu 300 oʻringa moʻljallangan maktabgacha taʼlim maskanini bunyod etishga davlat tomonidan 13 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirdi.

Yangi binoda bolalar va tarbiyachilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, binoda mashgʻulot xonasi va yotoqxona, mudira xonasi, hamshira xonasi, oshxona, musiqa zali mavjud. Shuningdek, MTT da yozgi ayvoncha, bolalar oʻyin maydonchasi hamda bolalar uchun choʻmilish havzasi qurilgan.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari, shuningdek, Samarqand shahar sektor rahbarlari, mahalla faollari va ota-onalar bu yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер