Samarqandda asrlarga tengdosh tut va chinorlar muhofazaga olindi

11:35 17 Iyun 2020 Jamiyat
973 0

Yurtimizda oʻsimliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hamda hukumat qarorlari asosida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va boʻtalarni kesish, xatlovdan oʻtkazish boʻyicha masʼul idoralar zimmasiga ham aniq vazifalar yuklatilgan. Shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda daraxtlar va butalarni qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy eʼlon qilingan.

Bugun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat qiluvchi inspektorlar tomonidan olib borilayotgan targʻibot tadbirlariga qaramay ayrim shaxslar tomonidan jiddiy qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilmoqda.

Birgina misol. Nurobod tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan kuzatuv reyd tadbirlari davomida bir necha noqonuniy holatlarga chek qoʻyildi.

Soha vakillari tomonidan 2020-yilning oʻtgan 5 oyi davomida tuman hududida davlat oʻrmon hududiga kirmaydigan yerlarda oʻsuvchi 10 ga yaqin daraxtlarni noqonuniy kesish boʻyicha 5 ta holatda huquqbuzarliklar aniqlangan. Natijada tabiatga 6 million soʻmga yaqin zarar yetgan. 5 nafar shaxs esa maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Ularga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jami 5 million 575 ming 500 soʻm jarima tayinlangan.

Shuningdek, yaqinda inspeksiya xodimlari tomonidan Nurobod tuman «Sazogʻon» MFY hududidagi taxminan 150 yoshdan oshgan 6 toʻp tut daraxti va 200 yoshdan 300 yoshgacha boʻlgan 5 toʻp chinor daraxtlari aniqlangan. Tut daraxtlarini 1,5 metr balandlikdagi aylanasi 2,5-3 metrgacha boʻlsa, chinor daraxtlarining 1,5 metr balandlikdan oʻlchangan aylanasi 8,5 metrdan 9,5 metrgacha kenglikda ekani maʼlum boʻldi.

Ayni paytda bu daraxtlarga “Davlat tabiat yodgorliklari” deb eʼlon qilish ishlari olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер