Samarqandda 2 tonna isteʼmolga yaroqsiz goʻsht toʻxtatib qolindi
Foto: IIB YHXB
Samarqand viloyatida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida kata miqdordagi isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsuloti toʻxtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 14-fevral kunidan 15-fevral kuniga oʻtar kechasi Bulungʻur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida Namangan-Samarqand yoʻnalishida ketayotgan, 1997-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “SHINERAY T30” rusumli avtomashina toʻxtatilib, tegishli tartibda tekshirilgan.
Tekshiruv natijasida transport vositasining yukxonasida 2 tonna mol goʻshti borligi aniqlangan.
“Samarqand viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi davlat markazi”da tekshirilganda, goʻsht isteʼmolga yaroqsizligi maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng u belgilangan tartibda yoʻq qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring