Samarqand viloyatida yangi tez tibbiy yordam binolari foydalanishga topshirildi

10:51 24 Mart 2026 Jamiyat
204 0

Samarqand viloyatida aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali tizimidagi Nurobod, Pastdargʻom, Bulungʻur, Oqdaryo va Urgut tuman tez tibbiy yordam stansiyalarining yangi zamonaviy binolari foydalanishga topshirildi.

Ushbu inshootlar 2025-yil “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi doirasida gʻolib deb topilib, amalga oshirildi.

Loyiha doirasida zamonaviy talablarga javob beradigan ikki qavatli binolar barpo etildi. Qurilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilib, bugungi kunga kelib toʻliq yakunlandi.

Yangi binolar aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер