Samarqand viloyatida navbatdagi “valyutafurush”lar ushlandi
Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Urgut tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar O. va U. bir AQSH dollarini 8400 soʻmdan hisoblab, 10 ming 300 AQSH dollarini 86,5 million soʻmga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlandi.
Bu haqda Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi maʼlum qildi.
Jumladan, ulardan 10 ming 841 AQSH dollari va 2,5 million soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar O. va U.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring