Samarqand viloyatida changyutgich va gaz plitalari deyarli mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilmoqda

16:40 06 Fevral 2024 Jamiyat
327 0

Toyloq tumanining Adas mahallasida joylashgan “SAM FIORENTA” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2021-yilda tashkil etilgan boʻlib, korxona 2023-yil yakunida Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar yordamida modernizatsiya qilinib, toʻla quvvat bilan ishlay boshladi.

Natijada korxonada yiliga 100 ming dona 6 xildagi changyutkich ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Hozirda bitta liniyada kuniga 250-300 ta changyutkich tayyorlanayotgan boʻlsa, joriy yil iyun oyiga qadar ikkinchi liniya ishga tushirilishi bilan mahsulot hajmi kuniga 550 tagacha ortishi moʻljallanyapti.

Maishiy texnika ishlab chiqaruvchilar uchun sifatli va kuchlanishga chidamli kabellar juda muhim hisoblanadi. Hozirda bunday kabellar asosan Turkiyadan import qilinadi. Bu esa tannarxga ham taʼsir koʻrsatmasdan qolmaydi.

— Joriy yilda qiymati 17 milliard 500 million soʻmlik loyiha asosida yongʻinga chidamli kabel tayyorlash sexini ishga tushirish harakatidamiz, — deydi korxonaning ishlab chiqarish guruhi rahbari Qodir Zaidov. — Bu oʻzgarishlar tufayli korxonamiz ishchilari soni 100 nafarga yetadi. Chidamli kabellarni koʻpaytirish orqali boshqa maishiy texnika ishlab chiqaruvchilarga ham sifatli kabel yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.

Hozirgi kunda korxonada 360 xildan ortiq mahsulot, shundan gaz plitalarining 90 foizini, yil yakuniga qadar esa changyutgichlarning ham 75 foizini mahalliy xomashyodan tayyorlash koʻzda tutilgan.

Korxona mahsulotlari ichki bozordan tashqari qoʻshni respublikalar va Rossiyaga ham eksport qilinmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер