Samarqand, Qashqadaryo yoki Toshkent: qaysi hududda bitiruvchilar koʻproq?

15:40 24 May 2025 Jamiyat
408 0

2024/2025 oʻquv yilida Oʻzbekiston boʻylab barcha mulkchilik shaklidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 11-sinfini 455,2 ming nafar oʻquvchi bitirishi kutilmoqda. Bu koʻrsatkich oʻtgan 2023/2024 oʻquv yiliga nisbatan 49,2 ming nafarga yoki 12,1 foizga koʻproqni tashkil etadi.

Milliy statistika qoʻmitasi Matbuot xizmatiga koʻra, bitiruvchilarning 243,1 ming nafarini qizlar, 212,1 ming nafarini oʻgʻil bolalar tashkil etadi.

2025-yilda bitiruvchi oʻquvchilar soni hududlar kesimida turlicha. Eng koʻp bitiruvchi Samarqand viloyatida qayd etilgan — 51 875 nafar. Undan keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyati — 47 068 nafar, Qashqadaryo — 44 670 nafar va Toshkent shahri — 41 132 nafar bitiruvchi bilan turadi. Bu hududlarda aholi soni yuqori boʻlib, taʼlim muassasalari soni ham koʻp ekanini anglatadi.

Qolgan hududlarda bitiruvchilar soni quyidagicha: Andijon viloyati — 39 598 nafar, Namangan — 37 476 nafar, Surxondaryo — 35 997 nafar, Toshkent viloyati — 35 764 nafar, Xorazm — 29 074 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 25 987 nafar, Buxoro — 23 619 nafar, Jizzax — 18 367 nafar, Navoiy — 13 427 nafar va Sirdaryo — 11 105 nafarni tashkil etmoqda.

Mazkur statistik maʼlumotlar mamlakatda taʼlim tizimi kengayib borayotgani va yoshlar soni oʻsishda davom etayotganini koʻrsatadi. Shu bilan birga, bu maʼlumotlar taʼlim resurslarini toʻgʻri taqsimlash va oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlarini samarali rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер