Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” boʻlib oʻtmoqda

18:03 11 Aprel 2026 Jamiyat
300 0

Talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularda sportga boʻlgan qizishni yanada oshirish maqsadida doimiy tarzda ommaviy sport tadbirlari hamda musobaqalar tashkil etib kelinadi.

Jumladan, butun Respublikamiz boʻylab start olgan “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” ham talaba-yoshlarning jismoniy va intellektual salohiyatlarini namoyon etishlari uchun maydon boʻlibgina qolmay, ularning sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” bahslari boshlandi.

Universitetning yangi qurib bitkazilgan sport maydonchasida oʻtkazilgan ochilish marosimida soʻzga chiqqan SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar sportiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor va bu sohada davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi.

Tantanali marosimdan soʻng yigitlar va qizlar oʻrtasida basketbol boʻyicha bellashuvlarga start berildi.

“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”doirasida basketbol, voleybol, gandbol hamda futbol sport turlari boʻyicha bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Ochilish marosimidan soʻng maydoncha atrofida barpo etilgan “Sportchilar bogʻi”ga koʻchatlar oʻtqazildi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер