Samarqand aeroporti uch kunga yopiladi
Foto: president.uz
Samarqand xalqaro aeroporti Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti vaqtida barcha turdagi reyslarni qabul qilishni vaqtincha toʻxtatadi. Bu haqda AviaAlertsUZ Telegram kanalida xabar berildi.
14-sentyabr 00:01 dan 17-sentyabr 00:01 gacha boʻlgan davrda tijorat rejali va muntazam boʻlmagan yoʻlovchi va yuk reyslarini qabul qilish cheklanadi.
Eslatib oʻtamiz, SHHT sammiti 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring