Samarada mehnat migrantlari qanday muammoga duch keldi?

08:55 16 Dekabr 2021 Jamiyat
989 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga mazkur hududdagi qurilish obyektida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar tomonidan oylik maoshlari toʻlanmayotgani yuzasidan murojaat qilingan.

Vakolatxona xodimlari Samara shahri, N.Panov koʻchasida joylashgan qurilish obyektiga borib, mehnat migrantlari va ish beruvchi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralar natijasida 13 nafar fuqaroning 800 ming rubl miqdoridagi ish haqi toʻlanmayotgani maʼlum boʻldi. Shundan soʻng, ish beruvchi vakili va uning oʻzbekistonlik hamkori pullarini xarajat uchun ishlatgani, tez orada mehnat migrantlari ish haqining yarimini (400 ming rubl) toʻlashini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер