“Salomatlik karvoni” - olis manzillarda

15:55 10 Mart 2022 Jamiyat
663 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Mamlakatimizda olis va chekka hududlarda yashovchi xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, ulardagi kasalliklarni barvaqt aniqlash, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish, oilalarda tibbiy madaniyatini yuksaltirish chora-tadbirlari izchil olib borilmoqda.

Samarqand viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi “Salomatlik karvoni” ayni shu maqsadda Payariq tumani 2-sektor hududiga kiruvchi, chekka va ijtimoiy sharoiti ogʻir boʻlgan Nakurt, Gʻallakor, Koʻltoʻsin mahallalarida boʻldi. Tadbirda aholi, shu jumladan, xotin-qizlarning sayyor tibbiy koʻrigi tashkil etilib, yigirmaga yaqin yoʻnalishda malakali, oʻttizga yaqin tor doiradagi shifokorlar koʻrikka jalb etildi.

Shuningdek, ikkita maxsus jihozlangan mobil avtobus, bitta rentgen-proskan apparati keltirilib, aniq va malakali tashxis qoʻyish imkoniyati yaratildi. Tadbir doirasida “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi tomonidan 12 turdagi dori vositalari, koʻzoynaklar begʻaraz yordam sifatida tarqatildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер