Salomatlik aksiyalari davom etmoqda

11:45 29 Avgust 2022 Jamiyat
634 0

Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan salomatlik aksiyasi va sayyor tibbiy qabullar doirasida Yunusobod tumani 51-Oilaviy poliklinika hududiga farashli Xusniobod mahallasida bosh shifokor G. Qodirova boshchiligida maqsadli tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

Tibbiy koʻrik tor mutaxasisslar kardiolog, endokrinolog, lor, okulist, jarroh, onkolog shifokorlari ishtirokida oʻtkazildi.

40 yoshdan oshgan aholi orasida glyukometriya tekshiruvlari oʻtkazildi. Tibbiy koʻrikdan jami 92 nafar fuqaro oʻtkazilib, shulardan 6 nafar bemorga uyda tibbiy koʻrik oʻtkazildi, bepul dori vositalari berildi. 

Shuningdek, 2 nafar bemorga shahar shifoxonasida statsionar sharoitda davolanish uchun bepul yoʻllanma berildi. 5 nafar bemorga oilaviy poliklinika kunduzgi shifoxonasiga yoʻllanma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер