“Salohiyatli kadrlar rezervi” uchun nomzodlarni saralash boshlandi

11:05 17 Avgust 2022 Siyosat
630 0

Davlatimiz rahbari 4-avgust kuni sohaga oid oʻtkazgan yigʻilishlarida yil yakuniga qadar Salohiyatli kadrlar rezervi uchun hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari orasidan 1 ming nafar nomzodni tanlab, takliflar kiritish topshirigʻini bergandi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, jarayon boshlangan.

Oʻrta Chirchiq tumani hokimligida tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining 2022-yil yarim yillik natijalari tahlil qilindi.

Unda agentlik rahbariyati, masʼul vakillari, tuman hokimi, tegishli mutasaddilar va hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yuqori va past koʻrsatkichlardagi hokim yordamchilari faoliyati tahlil qilindi. Fikrlari tinglandi. Tizimdagi mavjud muammolar va yechimlari boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi.

Shuningdek, davlat xizmatchilariga “Salohiyatli kadrlar rezervi” uchun nomzodlarni saralash ishlari olib borilayotganligi maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер