Salohiyatli kadrlar xorijda tajriba almashishdi

17:36 04 Oktyabr 2023 Jamiyat
1049 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan salohiyatli kadrlar rezerviga kiritilgan nomzodlarning bilimini oshirish, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlarda tajriba almashish uchun yuborilmoqda.

Nomzodlar orasidan salohiyatli va istiqbolli 20 nafari saralab olinib, joriy yilning 25-30-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasida “Hududlar rivojlanishini boshqarish” mavzusidagi oʻquvlarda ishtirok etishdi.

— Bir haftalik tajriba almashish jarayonida akademiyaning taniqli olimlari, amaliyotchi professorlari, tajribali davlat xizmatchilari tomonidan darslar oʻtildi, — deydi Zomin tumani, “Peshagʻor” MFY hokim yordamchisi Bobur Umurzakov. — Moskva, Kaluga va Vladimir viloyatlarida boʻlib, mahalliy hukumat idoralarining faoliyati va ijobiy tajribalari bilan yaqindan tanishdik.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер