Saksovul oʻsimligini noqonuniy chopgan fuqarolar jazolandi
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Muborak tumani boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida “Istiqlol” MFY da yashovchi 3 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda saksovul oʻsimligi chopib olingani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Huquqbuzarlarning har biriga 1 mln 650 ming soʻmdan, jami 4 mln 950 ming soʻm maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring