Saksoniya federal yeri biznes delegatsiyasi amaliy safar bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi

14:40 02 Oktyabr 2023 Siyosat
142 0

Joriy yilning 30-oktyabr — 4-noyabr kunlari Germaniyaning Saksoniya federal yeri Savdo va investitsiya departamenti va Saksoniya iqtisodiyotining taʼlim birlashmasi vakillaridan iborat biznes delegatsiya amaliy safar bilan  Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

Saksoniya Savdo va investitsiya departamenti delegatsiyasi tashrifidan asosiy maqsad ikki davlat oʻrtasida mashinasozlik va sanoat ishlab chiqarishi, kon sanoati, logistika sohalaridagi davlat va jamoat tashkilotlari va xususiy kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish barobarida keng qamrovli aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda qoʻshma loyihalarni ishlab chiqishdan iborat.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Savdo-sanoat palatasida Germaniyaning Saksoniya federal yeri biznes delegatsiyasining yurtimizdagi manfaatdor korxona vakillari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Oʻzbekistonga tashrifi doirasida nemis delegatsiyasi aʼzolari tomonidan Germaniya iqtisodiyoti, investitsiya muhiti, sanoatiga bagʻishlangan taqdimotlar namoyish etildi. Yurtimizning kon-metallurgiya hamda avtosanoat korxonalari vakillari tomonidan germaniyaliklarning ishlab chiqarish korxonalardagi mehnat sharoiti, ilgʻor texnologiyalariga qiziqish bildirildi. Tomonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan qizgʻin muzokaralar davomida mamlakatlarimiz korxonalari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, Saksoniya delegatsiyasi Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Xalqaro yuk tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan uchrashishni, Toshkent Texnoparki, Olmaliq Togʻ-kon kombinati va Samarqand shahridagi “SamAuto“ga tashrif buyurishni hamda togʻ sanoati va metallurgiya yoʻnalishidagi ”MiningMetals Uzbekistan-2023» 17-Xalqaro koʻrgazmada ishtirok etishni rejalashtirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер