“Saxovat va koʻmak” yoʻlida birlashamiz!

10:22 28 May 2020 Jamiyat
1084 0

Samarqand viloyatida ham “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami tobora kengayib, ushbu harakatga oʻzining beminnat hissasini qoʻshishga oshiqqan yurtdoshlarimiz, tadbirkorlarimiz oʻziga xos bagʻrikenglik, hamjihatlik kabi fazilatlarni namoyon etmoqda.

Mazkur harakat doirasida amalga oshirilayotgan saxovat tadbirlari Payariq tumanidagi “Darvishiq” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Marjona Abulqosimova singari kemtik qalblarga malham boʻlmoqda. Kambagʻallik roʻyxatiga olingan M. Abulqosimova ota – onasidan erta ayrilib, oʻz oʻyida ukasi bilan yolgʻiz yashardi. Oʻtgan yili kollejni tamomlagan bu qiz hech qayerda ishlamas va yashash sharoiti ham haminqadar edi. Ularga Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati tomonidan bir bosh ena bola sigir olib berilgan boʻlsa, viloyat prokurori tashabbusi bilan bir bosh qoʻy, 1 sotix issiqxona qurib berildi va bugungi kunda uy-joyini taʼmirlash ishlari ham olib borilmoqda. Endilikda ularga oʻz xonadonida daromad orttirib, turmush sharoitlarini yana-da yaxshilab borishi uchun imkoniyat yaratildi. Bu esa opa – ukaning kelajakka boʻlgan ishonchini yana-da oshirgan boʻlsa ajab emas.

Shuningdek, “Farovon” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi kambagʻallik roʻyxatiga olingan fuqaro Xolboy Abdurasulov ham turmush oʻrtogʻining nogironligi va uch nafar voyaga yetmagan bolalari borligi sabab qiyin ahvolga tushib qolgan edi. Uning oilasiga ham “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati tomonidan bir bosh qoramol, “Juvozxona” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Boymurod Esonov va YorqullarXidirovga bir boshdan qoʻy va oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi hamda bugungi kunda uy-joylari ham taʼmirlanmoqda.

“Toʻpolos” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi kambagʻallik roʻyxatiga olingan 20 ta oilaga 100 tadan parranda (joʻja) olib berildi.

Ayni kunlarda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatiga 260 nafar yuridik va jismoniy shaxsdan jami 546 million 703 ming soʻm mablagʻ kelib tushgan.

Bir qator fuqarolar naqd pul tarqatish orqali 121 million soʻm, oziq-ovqat, dori-darmon, qarzdorlikni toʻlab berish, oʻz uyida yetishtirgan yoki tadbirkorligi doirasida ishlab chiqqan mahsulotlarni aholiga tarqatish orqali amaliy yordamlar berib kelishmoqda.

Bundan tashqari, tumandagi sektor rahbarlari tomonidan xam hududidagi kam taʼminlangan, nogiron va bugungi kunda pandemiya oqibatida ogʻir ahvolga tushum qolgan oilalarning sharoitini tiklashda amaliy yordam berish maqsadida 100 ga yaqin oilalarga ijtimoiy yordamlar koʻrsatildi va bu davom etib kelmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер