Sayyor qabul: murojaatlarga joyida yechim topildi
Harbiy prokuratura organlari tomonidan Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari hamkorligida muntazam ravishda ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilib, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari muammolarini ijobiy hal etish choralari koʻrib kelinmoqda.
Navbatdagi qabul Toshkent viloyatining olis hududidagi Bekobod shahrida oʻtkazildi.
Unda Bosh prokuror oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori B.Kudratxodjayev ishtirok etdi.
Qabulda 300 dan ortiq harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari ishtirok etib, 56 ta murojaat tinglandi, shundan 23 tasi joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, 33 tasi boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring