Sayyohlik salohiyati yanada ortadi

16:53 17 Noyabr 2023 Jamiyat
200 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Andijon shahrida Qirgʻiziston Respublikasida faoliyat olib boruvchi yirik turoperatorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda hududning sayyohlik manzillari haqida maʼlumot berilibgina qolmasdan, oʻzaro hamkorlik xususida fikrlashib olindi.

— Uchrashuv davomida ikki davlat vakillari oʻrtasida sayyohlik salohiyatini yanada shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi, – deydi Oʻsh viloyati gubernatori maslahatchisi Abdulqodir Aliyev. — Jumladan, chegara oʻtkazish punktlari faoliyatini soddalashtirish, ayniqsa, maktab yoshidagi sayyohlarga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilishi zarur boʻlgan jihatlarni oʻrgandik. Buning natijasida qirgʻizistonlik 30 ta sayyohlik markazi vakillari oʻzbekistonlik hamkorlar bilan 2024-2025-yillardagi qoʻshma faoliyatlar yuzasidan oʻzaro kelishib oldilar.

Tadbir davomida kelgusi yilda Andijon viloyatiga 200 ming nafar xorijiy sayyoh kelishini tashkil etish boʻyicha oʻzaro shartnomalar imzolandi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер