Sayyohlar safardan mamnun

11:06 11 Yanvar 2022 Jamiyat
596 0

Foto: Халқ сўзи

Mamlakatimiz turizm salohiyatidan samarali foydalanish, uzoq-yaqin davlatlardagi sayyohlar diqqatini jannatmonand zaminimizga tobora keng jalb qilish borasidagi saʼy-harakatlar, garchi dunyo boʻylab pandemiya hali chekingan boʻlmasa-da, zarur karantin talablari asosida davom ettirilmoqda. Xususan, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya va Armanistondan jami 180 nafar sayyohlar va turoperatorlardan tarkib topgan guruh respublikamiz boʻylab safar qildi.

— Oʻzbekistonga qoʻshni davlatda yashasam-da, bu yerdagi ziyoratgohlarda boʻlmagan edim, — deydi qirgʻizistonlik Sayqal Mamatova. — Ushbu safar orqali bu mamlakatni qayta kashf etdim. Samarqand, Buxoro, Xorazmdagi tarixiy obidalar hayratlantirgan boʻlsa, Toshkent, Fargʻona va Namangan shahridagi zamonaviy arxitekturadan zavqlandim. Andijon qutlugʻ qadamjolari bilan islom dini vakillari uchun ajoyib sayyohlik maskani ekanini koʻrdim.

Sayyohlar bir hafta davomida respublikamizning diqqatga sazovor joylarida boʻlib, nafaqat tarixiy obidalar bilan tanishdilar, balki, gastronomik turizm, ichki sayyohlik, zamonaviy shaharsozlik va madaniy tadbirlar jarayoniga guvoh boʻldilar.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер