Saylovoldi dasturida mahalla tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish taklifi ilgari surildi
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Robaxon Maxmudovaning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Tursunov Sobir Turdiyevich Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent shahar yuridik texnikumida saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda nomzodning hayoti, mehnat faoliyati va saylovoldi dasturiga kiritilgan muhim taklif va tashabbuslar haqida ishonchli vakil tomonidan yigʻilganlarga batafsil maʼlumot berildi.
Ishonchli vakilga koʻra, adolatli huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etish, bu borada mahalla tizimining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish nomzodning oldiga qoʻygan muhim maqsadlaridan biridir.
Shuningdek, nomzod saylovoldi dasturida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi ham ilgari surilgan. Bunga erishishda Konstitutsiyani bogʻchadan boshlab bolalar ongiga singdirish taklif qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring