Saylovga tayyorgarlik jarayonlari qanday bormoqda?
Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar, shuningdek, ushbu muhim siyosiy jarayonda qatnashadigan xorijlik kuzatuvchilar hamda OAV vakillarini akkreditatsiya qilishga doir masalalar koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan barcha murojaatlarga MSK tomonidan qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda, oʻz vaqtida javob qaytarilmoqda hamda biror-bir murojaat eʼtibordan chetda qoldirilmayapti.
Shundan kelib chiqib, saylovga tayyorgarlik koʻrish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar boʻyicha koʻrilgan choralar komissiya aʼzolari tomonidan muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilindi.
Kun tartibiga muvofiq, majlisda xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan MDH, MDH PA, SHHT hamda xorijiy mamlakatlardan jami 124 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan oʻtkazildi.
Shuningdek, MSKga kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib, mahalliy ommaviy axborot vositalarining 301 nafar vakili akkreditatsiya qilindi. Bugungi kunga qadar akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlarining umumiy soni 1 155 nafarni tashkil etmoqda.
Majlis davomida muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan
1-Qoraqalpogʻiston, 4-Jizzax hamda 11-Fargʻona okrug saylov komissiyasi raislarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborotlari tinglandi va tegishli qaror qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring