Saylovga oid yangiliklar qanday?
Bugun, 11 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizomxo‘jayev olib bordi.
Majlis kun tartibidan Qodirov Alisher Keldiyevichni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish, Oblomuradov Narzullo Naimovichni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish, Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning guvohnomasi tavsifi va namunasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasining guvohnoma (mandat)lar uchun muhri namunasini tasdiqlash masalalari joy olgan.
"Xalq so‘zi".
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring