Saylovchilar yagona elektron roʻyxatiga 19 million 722 ming 809 nafar ovoz beruvchi fuqaro kiritildi — Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev

09:39 30 Aprel 2023 Siyosat
551 0

30-aprel kuni Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini isloh qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining referendumida ovoz berish jarayonlari boshlanganligi munosabati bilan brifing boʻlib oʻtdi.

Unda Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari, mahalliy va xorijiy OAV vakillari, referendumni kuzatish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari ishtirok etishdi.

Anjumanda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga muvofiq, referendum kuni 2023-yil 30-aprel deb belgilandi va ovoz berish byulleteniga bitta savol: “Siz “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?” deb yozildi.

MSK Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayevning aytishicha, bugun ertalab soat 8:00 da mamlakatimizda tashkil etilgan referendum oʻtkazuvchi 10 ming 703 uchastka referendumda ovoz beruvchi fuqarolarga oʻz eshiklarini ochdi.

Saylovchilar yagona elektron roʻyxatiga 19 million 722 ming 809 nafar ovoz beruvchi fuqaro kiritildi. Xorijiy davlatlarda tuzilgan referendum uchastkasidagi ovoz beruvchilar roʻyxatiga jami 307 ming 895 nafar fuqaro kiritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер