Saylovchilar oʻz burch va masʼuliyatini juda yaxshi biladi — xalqaro kuzatuvchi Andris SPRUDS (Latviya)
Foto: Халқ сўзи
Andris SPRUDS, xalqaro kuzatuvchi, Latviya:
- Fargʻonaga tashrifim davomida viloyat markazi – Fargʻona shahridagi bir necha saylov uchastkalarida boʻldim. Xususan, Fargʻona davlat universitetida tashkil etilgan 71-saylov uchastkasi faoliyati bilan yaqindan tanishdim.
Saylov jarayoni shaffoflik bilan oʻtyapti. Saylovchilar oʻz burch va masʼuliyatini juda yaxshi biladi. Ular erkin, ixtiyoriy ravishda ovoz bermoqda. Saylov uchastkasi aʼzolari, mahalliy kuzatuvchilar milliy Saylov kodeksi, xalqaro tamoyillarga muvofiq faoliyat koʻrsatyapti.
Universitetga tashrifim davomida taʼlim dargohida tashkil etilgan Qatagʻon qurbonlari muzeyida boʻldim. Yaqin tarix saboqlarini esdan chiqarmaslik uchun bu kabi muzeylar faoliyati juda ham zarur. Tashrifim davomida viloyatdagi yana bir necha saylov uchastkalariga borishni rejalashtirganman.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring