Saylov jarayonida keksa avlod vakillari ham faol
Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon boʻlgan saylovda keksa avlod vakillari ham faollik bilan ovoz berishmoqda.
Men tumanimizdagi “Doʻstlik” mahallasida joylashgan 502-saylov uchastkasida oila aʼzolarim bilan qatnashib, munosib nomzodga ovoz berdim.
Zero, yurt tinchligi, xalq farovonligi, keksalar eʼzozi-yu, yoshlarning istiqbolli kelajagi yoʻlida har birimizning bergan ovozimiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Saylov jarayonlariga Siz ham faol ishtirok eting, oʻz kelajagingiz uchun befarq boʻlmang!
Oʻrol CHOʻTBOYEV,
“Nuroniy” jamgʻarmasi Shoʻrchi tumani boʻlimi raisi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring