Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

12:23 08 Aprel 2026 Siyosat
211 0

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vakili, elchi Jeymison Grir bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda amerikalik investorlarning Oʻzbekistonga nisbatan ortib borayotgan qiziqishi muhokama qilingan.

“Biz ikki tomonlama savdo munosabatlarini oʻzaro manfaatli asosda tartibga soluvchi kelishuvlar ustida ish olib bormoqdamiz”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Prezidenti Administratsiyasi rahbari, shuningdek, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlidagi intilishlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun elchi Jeymison Grirga oʻz minnatdorligini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер