Saida Mirziyoyeva AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi ishbilarmonlik hamkorligining asosiy masalalari muhokama qilindi. Mazkur uchrashuv Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman boshlanish arafasida boʻlib oʻtdi.

“Ushbu tuzilma Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali maydonga aylanishi shubhasiz. Bunga mamlakatlarimiz Prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi mustahkam zamin yaratmoqda”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring