“Sabʼai sayyor” viloyat teatri talqinida

14:48 25 Dekabr 2023 Jamiyat
394 0

Foto: "Xalq soʻzi"

Yangi yil arafasida Namangan viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi repertuaridan oʻrin olgan “Sabʼai sayyor” dramasi hazrat mir Alisher Navoiyning shu nomli dostoni asosida Hayitmat Rasul muallifligida sahnalashtirildi.

Asarning kuni kecha oʻtkazilgan premyerasiga yigʻilgan tomoshabinlar spektakl haqida iliq fikrlarini bildirdilar. Xususan, sahna dekoratsiyasi, aktyorlar ijrosi, dostondagi chuqur falsafani mahorat bilan ochib berishga intilish alohida taʼkidlandi. Bunga sahnalashtiruvchi rejissyor Doston Haqberdiyev, shuningdek, Nuriddin Ismoilov, Rahmatillo Gʻaybullayev, Munisa Joʻrayeva, Orifjon Ergashev, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Alijon Tojiboyev kabi aktyorlarning sahnadagi mahoratlari mustahkam poydevor boʻlgani tabiiy.

— Salkam uch oylik repetitsiyadagi mashaqqatlar tomoshabinlarning gulduros qarsaklari, qoʻllab-quvvatlovchi olqishlari bilan esdan chiqib ketdi, — deydi teatr direktori Nozimjon Toshpoʻlatov.

Yangi asar premyerasida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, sektorlar rahbarlari hamda keng jamoatchilik, yoshlar vakillari ishtirok etdilar. Endi koʻplab mehnat jamoalari spektakl namoyishiga ommaviy ravishda kirishni rejalashtirib turishibdi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер