“Ruslar va rus tiliga zulm” Ukrainadagi bugungi “voqealar”ning sabablaridan biri — Vladimir Putin

18:00 03 Noyabr 2023 Dunyo
295 0

Foto: РИА «Новости»

Agar rus tiliga oddiy munosabatda boʻlinganida, Ukrainada bugungi “voqealar” boʻlmasdi. Xuddi shunday fikrlarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jamoatchilik palatasining yangi tarkibi bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, agar ruslar va rus tiliga zulm qilinmaganida, Qrimni qaytarish xayoliga ham kelmagan boʻlardi.

Vladimir Putin fevralda Ukrainaning amaldagi rejimi uchinchi davlatlar manfaatlariga xizmat qilayotganini va Gʻarb Ukrainadan “Rossiyaga qarshi taran (urish quroli, qadimda shaharlarni qamal qilish paytida, devorlar, minoralar va boshqa inshootlarni vayron qilish uchun foydalanilgan. Tahr.) va sinov maydoni sifatida” foydalanayotganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarb uchun asosiysi, ular Rossiya Federatsiyasiga qarshi kurashadi va buni kim amalga oshirishi unchalik muhim emas.

Putinning taʼkidlashicha, oʻtgan asrning 1930-yillarida Gʻarb davlatlari haqiqatda Germaniyada natsistlar hokimiyatga yoʻl ochgan va hozir ular Ukrainadan “anti-Rossiya” qilmoqdalar.

Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainada adolatli tinchlik oʻrnatish uchun Gʻarbning irodasini koʻrmayotganini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер