Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida migrantlarning 20 ta faoliyat turida ishlashiga taqiq qoʻyildi
Rossiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatori Denis Pasler patent asosida ishlovchi chet el fuqarolari ishga qabul qilinishi mumkin boʻlmagan 20 ta iqtisodiy faoliyat turini belgilovchi farmonni imzoladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ularning orasida bolalar ozuqasi ishlab chiqarish, taʼlim, huquq sohasi va boshqalar bor.
“Taqiq belgilangan iqtisodiy faoliyat turlari roʻyxatiga, xususan, bolalar ozuqasi ishlab chiqarish, taʼlim faoliyati, huquq va buxgalteriya hisobi sohasidagi faoliyat, moliyaviy xizmatlar, qoʻriqlash xizmatlari, kuryerlik xizmatlari, shuningdek, bir qator boshqa yoʻnalishlar kirdi”, — deyiladi xabarda.
Ish beruvchilar uch oy ichida chet ellik ishchilar sonini yangi talablarga muvofiqlashtirishlari zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring