Rossiyaliklarga kamroq ovqatlanish tavsiya qilindi
Rossiyaliklar ovqatlanishda “oʻzlarini cheklashni” oʻrganishi kerak, chunki aholining yarmidan koʻpi allaqachon ortiqcha vaznga ega, deydi Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, Oziqlantirish, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi federal tadqiqot markazi ilmiy rahbari Viktor Tutelyan.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya fuqarolarining 25 foizigacha birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali semizlar, 60 foizi esa ortiqcha vaznga ega.
“Buning ortidan yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, yaʼni oʻlimning asosiy sababi, umr koʻrish davomiyligi pasayishi kuzatilmoqda”, - deya Tutelyanning soʻzlaridan iqtibos keltiradi «Interfaks».
Olimning soʻzlariga koʻra, aholi uchun ikkinchi muammo bu ortiqcha kaloriya fonidagi mikronutriyentlar (oziq-ovqat tarkibidagi vitaminlar va minerallar) yetishmasligi ekan. “Va birinchi muammoga, semirishga qarshi kurashish bilan, ratsionni qisqartirish bilan biz ikkinchi qismni, mikronutriyentlar yetishmovchiligini masalasini kelib chiqishini kuchaytirmoqdamiz. Shu bilan birga, hatto ideal ratsiondan ham kerakli mikronutriyentlarni olish imkoniyatini deyarli yoʻqotib qoʻymoqdamiz”, – dedi Tutelyan.
Tutelyanning taʼkidlashicha, “kishi oʻzini tiyishni bilishi kerak, qancha ovqat yesang – shuncha koʻp pul sarflashing kerak” va vitaminlar haqida unutmaslik kerak ekan. Uning soʻzlariga koʻra, Institut tomonidan 2009-yilda yoshga va jinsga qarab guruhlarning ovqatlanish ehtiyojlari aniqlangan va hozirda ushbu hujjatni yangilangan varianti tayyorlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring