Rossiyalik professor samarqandlik tibbiyotchilar uchun master-klass oʻtdi

14:26 20 Dekabr 2022 Jamiyat
601 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida «Bolalarda yoʻgʻon ichak kasalliklarini pediatrik va xirurgik aspektlari» mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda SamDTU pediatriya, neonatologiya kafedralari mudirlari, shahar davolash-profilaktika muassasalaridan pediatorlar, neonatologlar, nevrologlar va bolalar xirurglari ishtirok etdi.

Tadbirga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati huzuridagi markaziy klinik shifoxonasining bolalar xirurgiyasi ilmiy rahbari, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi, tibbiyot fanlari doktori, professor Igor Kirgizov taklif qilindi.

Rossiyalik professor klinika xodimlari va talabalar uchun bolalar xirurgiyasida bipolyar miostimulyatsiya mavzusida maʼruza qildi. Tadbir doirasida pediatriyada parenteral va enteral ovqatlantirish, ogʻir va zaif bemorlarning ovqatlanish xususiyatlari boʻyicha master-klass oʻtkazildi. Master-klass doirasida Girshprung kasalligi boʻlgan bemorda qorin boʻshligʻi oraliq laparoskopik proktoplastika operatsiyasi bajarildi.

Eʼtiborlisi, samarqandlik soha mutaxassislari uchun ham tajriba maktabi vazifasini oʻtagan master-klass mashgʻulotlari uch kun davom etdi va shu vaqt davomida oʻnga yaqin bemor bolalarda anal-sfinkteroplastika operatsiyalari oʻtkazildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер