Rossiyadan Oʻzbekistonga 2 marotaba maxsus yoʻlovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi
Rossiya davlatidagi yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil fevral oyida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy — Toshkent” yoʻnalishida 483-sonli maxsus yoʻlovchi poyezdining 2 marotaba qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, bu poyezdlar 2022-yil 18, 25-fevral kunlari soat 20:50 da ushbu temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy — Toshkent” yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yoʻlga qoʻyilgan.
Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʻnatishlari ham mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring