Rossiyada yozning birinchi kunida qor yogʻdi

15:59 01 Iyun 2020 Dunyo
1505 0

Rossiyaning Yamal-Nenesk avtonom okrugining Salexard shahrida yozning birinchi kunida qor yogʻdi. Bu haqda ushbu okrug gidrometeorologiya va atrof muhitni monitoring qilish markazi rahbari Artyom Koshkinga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

«Qor yogʻdiyu erib ketdi. Oxirgi yillarda yoz mana shunday boshlanyapti», — dedi u.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, kelayotgan yoz oldingilariga nisbatan iliq boʻladi.

“Yozda Rossiyaning aksariyat hududlari, ayniqsa, Yevropa qismida oʻrtacha harorat meʼyoridan ortiq boʻlishi kutilyapti”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Buni qarangki, Yamal poytaxtiga uchinchi yildirki yozning birinchi haftasida qor yogʻyapti. Xususan, 2018-yilda ham 1-iyun kuni shunday ob-havo kuzatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер