Rossiyada quduq qaziyotgan 29 yoshli oʻzbekistonlik erkakni tuproq bosib qoldi
Foto: “Фонтанка”
Rossiyada 29 yoshli oʻzbekistonlik erkak tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Фонтанка” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Leningrad viloyatining Lodeynopolskiy tumanida sodir boʻlgan. Sankt-Peterburgda roʻyxatdan oʻtgan 29 yoshli oʻzbekistonlik Pirkinichi bogʻdorchilik hududidagi yer uchastkasida quduq qazayotgan vaqtida uni tuproq bosib qolgan. Keyinroq uning jasadi tuproq ostidan chiqarib olingan.
Manbaga koʻra, hozirda Tergov qoʻmitasi xodimlari hodisa sabablarini oʻrganmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring