Rossiyada qoʻlga olingan voyaga yetmagan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Moskvadagi voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan ijtimoiy reabilitatsiya markazlaridan biriga joylashtirilgan voyaga yetmagan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik boʻlimiga ushbu davlatda mehnat qilayotgan fuqaro uning voyaga yetmagan qarindoshi qoʻlga olinganini aytib, yordam soʻrab murojaat qilgan. Konsullik boʻlimi vakillari ushbu holat boʻyicha zudlik bilan ishga kirishib, tegishli tashkilotlar bilan bogʻlangan.
Diplomatlar ushbu fuqaroning muammosini hal etish maqsadida voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan ijtimoiy reabilitatsiya markazi maʼmuriyati hamda Rossiyaning boshqa vakolatli organlari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshirgan.
Oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar, tegishli idoralar bilan olib borilgan muvofiqlashtirish ishlari natijasida bola oilaning ishonchli vakiliga topshirilib, sogʻ-salomat Vatanga qaytarilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring