Rossiyada oʻzbekistonliklarga eski “prava”larini yangisiga almashtirib berish boshlandi
Foto: РиаНовости
Rossiyadagi oʻzbekistonliklar eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirishi mumkin boʻladi.
25-yanvardan boshlab hujjatlarni almashtirmoqchi boʻlganlar elchixonaning konsullik boʻlimiga, shuningdek, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov-Don va Sankt-Peterburgdagi bosh konsulliklariga murojaat qilishlari mumkin.
Qayd etilishicha, fuqarolar oʻzlari bilan chet elga chiqish uchun biometrik pasport yoki fuqaroning biometrik pasporti, milliy haydovchilik guvohnomasining asl nusxasi va milliy haydovchilik guvohnomasi uchun kuponning asl nusxasini olib kelishlari shart.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring