Rossiyada ota-ona qaramogʻisiz qolgan 14 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi

18:38 27 Yanvar 2026 Jamiyat
439 0

Bugun, 27-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi hududida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 14 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelindi. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, bolalar Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali mamlakatimizga yetib kelgan hamda belgilangan tartibda vaqtincha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan.

Shundan soʻng, zarur hujjatlashtirish va tegishli tartib-taomillar yakunlangach, 13 nafar bola belgilangan tartibda ularni kutib olish uchun kelgan ota-onalariga topshirilgan. Yana 1 nafar bola esa markaz xodimlari hamrohligida Andijon shahriga yuborilib, belgilangan tartibda onasiga topshirilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер