Rossiyada migrantlarga mamlakatga kirish rejalari haqida xabardor qilish majburiyatini yuklashmoqchi

14:40 18 Mart 2026 Dunyo
221 0

Rossiya Ichki ishlar vazirligi vizasiz tartibda Rossiya Federatsiyasiga kirishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolariga bu haqda oldindan xabarnoma taqdim etish majburiyatini yuklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda TASS agentligi idora vakili Irina Volkka tayanib xabar bermoqda.

“Federal qonun loyihasi bilan Rossiyaga vizasiz tartibda kirishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolariga tegishli xabarnomani oldindan taqdim etish majburiyatini belgilash taklif etilmoqda”, — deb qayd etdi u.

Irina Volkning eslatib oʻtishicha, 2025-yil 30-iyundan boshlab chet elliklar mazkur xabarnomani tajriba (eksperiment) tariqasida taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер