Rossiyada koronavirusga chalinganlar 800 ming nafardan oshdi
Rossiyada bir kunda 8 175 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. ulardan 1471 nafari simptomsiz.
Pandemiya boshlanganidan beri Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 806 720 nafarni tashkil etmoqda.
Bugunning oʻzida 154 kishi koronavirusdan vafot etdi., deya xabar berdi tezkor shtab. Rossiyada 13 192 kishi ushbu virus tufayli vafot etgan. 597 140 kishi koronavirusdan forigʻ boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring